maktabland.uz: Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari formatida onlayn mock testlar, natija va tahlil.
Har bir o'quvchi haqiqiy imtihon muhitida, o'z vaqtida va o'z darajasida tayyorgarlik ko'rishi kerak. Platformani shunga moslashtirdik: savollar bazasi, real vaqt chegarasi, avtomatik baholash va har bir xato bo'yicha tahlil.
Login va parol bilan ro'yxatdan o'ting. Maktab yoki o'quv markazi o'quvchisi bo'lsangiz, tashkilotingiz bergan havola orqali kirasiz.
Imtihon turini, kerak bo'lsa fan yoki bo'limni tanlaysiz: to'liq imtihon yoki faqat bitta qism.
Bo'limlar tartibi, savollar soni va vaqt chegarasi rasmiy imtihondagidek. Vaqt serverda hisoblanadi, sahifa yopilib qolsa ham javoblar saqlanadi.
Ball rasmiy shkalada chiqadi. Har savol bo'yicha to'g'ri javob, xatolar daftari va zaif mavzular ko'rsatiladi.
Platformadagi asosiy bo'limlar. Ularning hammasi telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi.